Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari

Published:

Tasavvur qiling, uyingizni ta’mirlayapsiz: javonlarni oʻrnatyapsiz, mebellarni yig‘yapsiz. Bu ishni asboblarsiz uddalay olmaysiz: ko‘p funksiyali shurupovyort shkafni tezda yig‘ish, devorda teshik ochish, mahkamlash elementlarini oʻrnatishga yordam beradi. Otvyortka esa shuruplarni burash yoki mebelni ta’mirlash uchun yaraydi.

Dasturlarni yozishda dasturchilar ham vositalar — tillardan foydalanadi. Ular yordamida kompyuter bilan “suhbatlashish”: unga buyruqlar berish, boshqarish, ma’lumotlarni o‘zgartirish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa ko‘p amallarni bajarish mumkin.

Dasturlash tillari kompyuter dasturlarini yaratishda ishlatiladigan tillardir.

Turli manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, jami 250 tadan 9000 tagacha dasturlash tillari mavjud. Ularning soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Har biri turli maqsadlarda ishlatilgani uchun ular shunchalik ko‘p. Bu xuddi mebel to‘plamini yig‘ish uchun ishlatiladigan og‘ir shurupovyort yoki bir juft shurupni ehtiyotkorlik bilan oʻrnatish uchun kerak boʻladigan oddiy otvyortkadan foydalanishga o‘xshaydi. 


 

Dastlab dasturlash tillarining turlari, dasturchining vositalari, keyin esa ularning qanday vazifalar uchun mos kelishini ko‘rib chiqaylik.

Dasturlash tillarining turlari

Kompilyatsiya va interpretatsiya qilinadigan tillar

Oʻzi chet tilini bilmagani uchun delegatlar xalqaro ishbilarmonlik uchrashuvlariga tarjimonlar bilan birga boradi.

Kompyuterning “miyasi” hisoblangan protsessor ham dasturchi dasturlash tilida yozgan kodni tushunmaydi. Protsessor faqatgina nol va birlardan iborat ketma-ketlikni qabul qiladi. Dasturchi va kompyuter bir-birini tushunishiga ham maxsus tarjimonlar: kompilyator va interpretatorlar yordam beradi.


Dastur ishga tushirilishi bilan kompilyator butun kodni darhol (nol va birlardan iborat) mashina kodiga o‘giradi. Kompilyatorning ishlash jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin:


 

Dasturchi dasturni dasturlash tilida yozadi → Kompilyatorni ishga tushiradi → Kompilyator butun dasturni mashina kodiga o‘giradi va uni bajariluvchi faylga (Windowsʼdagi .exe) joylashtiradi.

C, C++, Java, Swift, Go kompilyatsiya qilinadigan dasturlash tillariga kiradi.

Har safar dastur ishga tushganda interpretator kodni satrma-satr mashinaga tushunarli tilga o‘giradi.

Interpretatsiya qilinadigan tillarda yozilgan dasturlar ko‘pincha kompilyatsiya qilinadigan dasturlarga qaraganda sekinroq ishlaydi. Bu kodning satrma-satr tarjima qilinishi bilan bog‘liq. Biroq interpretatsiya qilinadigan tilda dastur ishlab chiqish jarayoni kompilyatsiya qilinadigan tildagiga qaraganda tezroq. Chunki dasturchiga dasturiy kodni qayta-qayta mashina tiliga kompilyatsiya qilish shart emas.

Author: None

← Back