Kodlashda ChatGPTʼdan qanday foydalanish kerak?

Published:

ChatGPT bilan kodni maksimal toʻgʻri yozish

Dasturlashni oʻrganishdagi 15 yillik tajribamdan kelib chiqib ChatGPTʼdan qanday foydalanishni, copy-paste bilan cheklanib qolmaslikni gaplashamiz.

10 yoshimdan beri kod bilan yashayman. Boshida Friendster profilimni HTML/CSS bilan o‘zgartirardim, keyin qiziqib SQL injection’larni sinab ko‘rdim, hatto uch oyoqli robot ham yasadim. Hozir esa Python bilan shug‘ullanyapman. Qisqasi, kodlash doim men uchun qiziqarli tajriba bo‘lgan.

Turli dasturlash yondashuvlaridan bilganim shu boʻldiki, kodlashni oʻrganish usulim doim bir xil boʻlgan ekan. Koʻpchilik aytganidek, bu asosan copy-paste qilish edi. 😅

Kod yozib biror narsa yaratadigan bo‘lsam, men odatda shunday ishlayman:

  1. Toʻgʻri kutubxona va freymvork tanlash

  2. Oldingi loyihalardan foydalanish

  3. Vazifani bosqichlarga boʻlish

    Loyihani bajarish mumkin boʻlgan kichik-kichik vazifalarga ajrataman, shunda jarayon qo‘rqinchli tuyulmaydi.

  4. Har bir bo‘lakni Google qilish

    Har bir qadam uchun Google, Bing, DuckDuckGo yoki boshqa maʼqul qidiruv tizimidan maslahat, yoʻl-yoʻriq, yechim qidiraman.

  5. Kodlashni boshlash

    Har bir bosqichni tizimli ravishda amalga oshirishga harakat qilaman.

Shuncha harakatlarga qaramay, hatto eng puxta ishlab chiqilgan kodda ham baribir baglar chiqadi. Bunda mummolarni hal qilish uchun qoʻllaydigan strategiyam quyidagicha:

1. Freymvork hujjatlarini tekshirish: ularni, ALBATTA, oʻqib chiqish kerak!

2. Google va Stack Overflow qidiruvi: shu saytlardan izlash. Qidiruv uchun namuna kalit soʻzlar:

site:stackoverflow.com [dasturlash tili] [kutubxona] error [xatolik xabari]

site:stackoverflow.com Python error ImportError: pandas

module not found

– Stack Overflow yechimlari. Agar muammo Stack Overflow’da allaqachon muhokama qilingan bo‘lsa, men eng ko‘p ovoz to‘plagan izoh va yechimlarni ko‘rib chiqaman. Odatda shu yerda eng tez va ishonchli javob topiladi.

– Intuitsiyamga ishonish. Agar Stack Overflow’da javob topilmasa, ichki intuitsiyamga tayanib Google’da ishonchli manbalarni izlayman. Masalan, data sayns mavzulari uchun GeeksForGeeks, Kaggle, W3Schools yoki Towards Data Science saytlarini koʻzdan kechiraman. 😉

3. Kod yechimlarini copy-paste qilish

4. Tekshirish va sinash. Yakuniy bosqichda oʻzgartirilgan kodni sinchkovlik bilan tekshiraman va u kutilganidek ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun sinovdan oʻtkazaman.

Ammo aslida-chi? Real vaziyatlarda ham shunday yoʻl tutyapmizmi?

So‘nggi paytlarda yangi boshlayotgan dasturchilar kod yozishga boshqacha yondashayotganini sezyapman. Taxminan uch yildan beri professionallarga kod yozishni o‘rgatib kelaman: bootcamp’lar, universitetlarda ma’ruzalar va korporativ treninglar orqali. Shundan kelib chiqib aytolamanki, dasturchilarning o‘rganish uslubi avvalgidan biroz o‘zgargan.

Odatda yangi boshlayotganlarga javobni brauzerdan izlash, Googleʼdan foydalanish kabi anʼanaviy usulni maslahat beraman. Ammo odamlar baribir bir kun kelib ChatGPTʼdan foydalanishni boshlaydi. Bahona ham tayyor:

“ChatGPTʼdan (kodlash uchun) foydalanish sen bilan haqiqiy odamdek suhbatlashadigan yana bitta sheriging bo‘lishiga o‘xshaydi.”

Bu, ayniqsa, hali internetdagi ma’lumotlar va hujjatlar (documentation)ni tushunishga harakat qilayotganda, ya’ni dasturchi intuitsiyasini shakllantirayotganda juda qoʻl keladi.

Noto‘g‘ri tushunmang, men ham asosiy narsalarning tarafdoriman. Googleʼdan qidirish, hujjatlarni o‘qish va hamjamiyatga savol tashlash – nazarimda, juda toʻgʻri yoʻl. Faqat ChatGPTʼga to‘liq tayanish biroz ortiqcha bo‘lishi mumkin. Albatta, u javoblarni tezda jamlab beradi, lekin an’anaviy qidiruv usullari sizga tanlash, sinab ko‘rish va tajriba qilish imkonini yaratadi. Bu esa dasturlashda juda muhim.

Lekin, tan olish kerak, ChatGPT javoblarni yashin tezligida topib beradi. Ayniqsa, qidiruv natijalari va hujjatda nima toʻgʻri, nima notoʻgʻriligini aniqlashga urinayotganingizda bu zoʻr yordamchi.

Faqat dasturlashdamas, boshqa sohalarda ham taʼlim olishda ChatGPTʼdan yordamchi sifatida foydalanishyapti. ChatGPT odamlarning oʻrganish uslubini butunlay oʻzgartirdi. Hatto shu maqolani yozayotganda ham grammatikani tuzatish uchun ChatGPTʼdan foydalandim — uzr, grammatika.

ChatGPTʼdan foydalanmaslik xuddi 2000-yillardagi qidiruv tizimlaridan voz kechish bilan barobar. Ha, ChatGPTʼda xatolar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lishi mumkin, xuddi o‘sha paytdagi internetdagi yolg‘on ma’lumotlar singari. Ammo to‘g‘ri ishlatilsa, ChatGPT o‘rganish jarayonini ancha tezlashtiradi.

Endi tasavvur qilaylik: real hayotdagi vaziyatda ChatGPT sizga xatolarni tuzatishda qanday yordam berishi mumkin?

Ssenariy: Python skriptini xatoliklardan tozalash

Tasavvur qiling, bitta loyiha uchun Python skripti ustida ishlayapsiz. Kutilmagan xatolikka duch keldingiz, lekin uni hal qila olmayapsiz.

ChatGPT chiqishidan oldin bu muammoni yechishni menga qanday oʻrgatishgan:

Brauzerdan qidirish usuli

1. Hujjatlarni tekshirish

Birinchi xatolikka sabab boʻlayotgan modul yoki funksiyaga oid Python hujjatlari (documentation)ni oʻrganib chiqing.

Masalan:

– Scikit Learn hujjatlari bilan tanishish uchun https://scikit-learn.org/stable/modules/ sahifasiga kiring.

2. Google va Stack Overflow’da qidirish

Agar hujjatlarda yechim topilmasa, Google yoki Stack Overflowʼga murojaat qilasiz. Forumdagi turli mavzularni ko‘zdan kechirib, shunga o‘xshash muammo va uning yechimini izlaysiz.

3. Ichki hissiyotlarga ishonish

Agar muammo unikal yoki yaxshi hujjatlashtirilmagan boʻlsa, unda ichki sezgilaringizga ishoning. Oldin ishonchli deb topgan manbalaringizdan maqolalar yoki materiallarni yana Google orqali izlab ko‘rasiz va o‘xshash yechimlarni muammoyingizga moslab qo‘llashga harakat qilasiz.   

Yuqoridagi qidiruvni ko‘rib turibsiz, natijalar W3School saytiga tegishli — bu ishonchli kodlash darslari sayti, ayniqsa, qisqa “cheatsheet”lar uchun juda yaxshi. Qolgan ikki natija esa Pandasʼning rasmiy hujjatlaridan. Demak, qidiruv tizimlari foydalanuvchilarga ko‘pincha rasmiy hujjatlarga murojaat qilishni tavsiya qiladi. 😉

Endi esa ChatGPT yordamida muammoni aniqlash va hal qilishni koʻrib chiqamiz.

ChatGPTʼdan foydalanishda yangi yondashuv:

1. ChatGPT bilan muloqot qiling

Hujjatlar va forumlarni shunchaki o‘rganish o‘rniga ChatGPT bilan muloqot qilishingiz mumkin. Xato haqida qisqacha ma’lumot aytib, savol bering. Masalan:

Men [dasturlash tili]dagi skriptimda [xato tavsifi] muammosiga duch keldim. Bu nimadan kelib chiqayotganini tushunishimga yordam bera olasanmi va muammoni yechish uchun qanday yechimlar taklif qilasan? 


 

2. ChatGPT yordamida konsepsiyalarni aniqlashtirish:

Agar xatolik murakkab biror tushuncha bilan bog‘liq boʻlsa, ChatGPTʼdan oʻsha narsani izohlab berishini so‘rashingiz mumkin. Masalan:

“[Dasturlash tili]da [muayyan tushuncha] qanday ishlashini tushuntirib bera olasanmi? Menimcha, bu men duch kelgan xato bilan bog‘liq. Xatolik quyidagicha: [xato]”

2. ChatGPT yordamida konsepsiyalarni aniqlashtirish:

Agar xatolik murakkab biror tushuncha bilan bog‘liq boʻlsa, ChatGPTʼdan oʻsha narsani izohlab berishini so‘rashingiz mumkin. Masalan:

“[Dasturlash tili]da [muayyan tushuncha] qanday ishlashini tushuntirib bera olasanmi? Menimcha, bu men duch kelgan xato bilan bog‘liq. Xatolik quyidagicha: [xato]”

3. Muammoni hal qilish bo‘yicha tavsiyalar so‘rang

Masalan, siz ChatGPTʼdan Python kodlaridagi xatolarni tuzatish bo‘yicha umumiy maslahatlar so‘rashingiz mumkin.

“[Muammo]ni hal qilishning qanday keng tarqalgan usullari bor? Foydali vositalar yoki usullar bo‘yicha qanday maslahat berasan?”

Ehtimoliy afzalliklar:

Ehtimoliy cheklovlar:

Endi esa ChatGPTʼga 100% tayanishning kamchiliklari haqida gaplashamiz. Buni men talabalarda juda ko‘p ko‘rganman. ChatGPT paydo bo‘lgandan keyin talabalar ko‘pincha konsoldagi 100 qatorlik xatodan faqat 1 qatorni nusxa qilib ChatGPTʼga yuboradi, holbuki xatolik boshqa modullar yoki bog‘liqliklarga taalluqli bo‘ladi. Faqat bir satr xatolikni yuborib, “yechimini tushuntiring” deb so‘rash ba’zan ish berishi mumkin. Lekin yomon tomoni, bu hatto 1–2 soatlik qo‘shimcha debugging vaqtiga aylanib ketishi ehtimoldan yiroq emas.

"ChatGPTʼning cheklovlaridan biri — u sizning kodingizdagi to‘liq kontekstni ko‘ra olmaydi. Albatta, siz unga kod kontekstini berishingiz mumkin, lekin murakkab loyihalarda har bir qatorni yuborishning imkoni bo‘lmaydi. Natijada ChatGPT kodning faqat kichik qismini ko‘radi va shu asosda qolgan qismini:

– o‘z bilim bazasiga tayangan holda taxmin qiladi;

– yoki umuman gallyutsinatsiya qilib tashlab, duch kelgan javoblar chiqaradi."

ChatGPTʼdan foydalanishda uchraydigan ehtimoliy cheklovlar:

Agar siz dasturlash va texnik tushunchalar bo‘yicha maxsus o‘qitilgan til modelidan foydalanmasangiz (masalan, kodlash bo‘yicha ilmiy maqolalar, mashhur darslar yoki Endryu Ng, Yan Lekunning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari) katta ehtimol bilan ChatGPT sizga faqatgina umumiy javob beradi.

Bu holat ChatGPT kodlash vositalaringiz orasida foydali vosita bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, shaxsiy tavsiyalar olish va tushunchalarni aniqlashtirishda. Lekin ChatGPT yordamidan tashqari internetdan izlash va hamjamiyatdan so‘rash usullarini ham qo‘llang. Har doim ChatGPT’ning kuchli va zaif tomonlarini hisobga olib, balansda foydalanishga harakat qiling.


Yakuniy fikrlar

Dasturchilarga tavsiyalarim

Agar haqiqatan ham autokompletatsiya modelidan samarali foydalanmoqchi bo‘lsangiz, faqat ChatGPT’ga tayanib qolmang. Buning o‘rniga VScode’da CodeGPT – GPT4 kengaytmasiGitHub Copilot yoki Google Colab’dagi Autocomplete AI kabi vositalardan foydalaning. Bu vositalar kodni avtomatik to‘ldirishda ancha qulay va tez ishlaydi.


 

Nima qilish kerak:

Nima qilmaslik kerak:

Maroqli kodlash tilayman!

Ellen

Manba: “How Would I Learn to Code with ChatGPT if I Had to Start Again”

Author: None

← Back